Sariosiyo tumani Ichki ishlar bo‘limida “Korrupsiyaga qarshi kurashish dolzarb 10 kunligi” doirasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Unda, O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2025 yil 26 may kunidagi tegishli farmoyishiga asosan 1-iyundan 10-iyun kuniga qadar Sariosiyo tumani Ichki ishlar organlarida “Korrupsiyaga qarshi kurashish dolzarb 10 kunligi” doirasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora tadbirlar dasturining 1-bandiga asosan hamkor tashkilotlar bilan chora-tadbirlar belgilab olindi.
Uchrashuv davomida, rahbar xodimlarning
shaxsan javobgarligi va mas’uliyatini oshirish, korrupsiyaviy omillarga nisbatan
murosasiz munosabatni shakllantirish muhimligi alohida ta’kidlandi.
Tadbir so‘ngida, mas’ullar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashishda faol ishtirok etish, qonunchilikka qat’iy amal qilish va fuqarolar ishonchini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni samarali amalga oshirish lozimligi qayd etildi.