11 Mart 2022 yil
398
Sariosiyo tumani 3-sektor hududiga qarashli “Bog‘ishamol” mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi
Sariosiyo tumani “Bog‘ishamol” mahallasida viloyat IIB Shimoliy mintaqaviy hudud mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi boshlig‘i rahbarligida sayyor qabul o‘tkazildi.
576 xonadon istiqomat qiladigan mahhalada “Ayollar daftari”da 17 nafar, “Yoshlar daftari”da 6 nafar va “Temir daftar”da 6 nafar fuqaro qolgan.Mahallada uzoq muddatga ketganlar 58 nafarni, muqaddam sudlanganlar esa 5 nafarni tashkil etadi.
Sayyor qabulda aholi tomonidan jami 15 ta murojaat kelib tushdi. Qabul jarayonida Fotima Davronova, Ro‘zigul Xasanova, Mehrangiz Abdusamatovalar “Yoshlar daftari”ga kiritishlarini, kasb-hunarga o‘qib o‘zini-o‘zi band qilishi uchun tikuv mashinasi so‘rab murojaat qildi. Ushbu fuqaro daftarga kiritilib, tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan kasb-hunar o‘rganish uchun yo‘naltirildi.
Nargiza Toshboyeva erining ko‘zi xastaligini aytib, davolatishga amaliy yordam so‘radi. Tuman IIB boshlig‘i O‘.Mustafoqulov homiy topib, operatsiyasi uchun ketadigan xarajatlarni qoplab berish vazifasini o‘z zimmasiga oldi.
Shuningdek, yana bir necha fuqarolar, G.Melikova qizi A.Nazarovaning kontrakt pulini to‘lashda amaliy yordam so‘ragan bo‘lsa, N.To‘ychiyeva oilaviy sharoitini aytib,“Temir daftar”ga kiritishlarini, F.Ashurova ichki yo‘lni asfalt qilishni, D.Raximova esa hunar o‘rganish, F.Xamdamova tikuvchilik qilish istagi borligini, M.Tursunboboyeva ish masalasida yuzlanishdi. Ushbu murojaatlarning hammasi tinglanib, tegishli tashkilot rahbarlariga ularni tezda hal qilish bo‘yicha topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati