22 Fevral 2025 yil
844
Sariosiyo tumani 3 sektor hududida istiqomat qiluvchi yoshlar o‘rtasida sportning volebol turi bo‘yicha tuman "IIB boshlig‘i kubogi" musobaqasi tashkil etildi.
Joriy yilning 22-fevral kuni Sariosiyo tumani IIB boshlig‘i tashabbusi bilan tumandagi 62-sonli umumta’lim maktabida, 3 sektor hududida joylashgan mahallalarda istiqomat qiluvchi 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida sportning volebol turi bo‘yicha “Ichki ishlar boshlig‘i kubogi" musobaqasining sektor bosqichi ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
Qiziqarli va murosasiz o‘yinlar yakuniga ko‘ra 3-o‘rinni "Bog‘ishamol" mahallasi yoshlari jamoasi, 2-o‘rinni "Niholzor" mahallasi yoshlari qo‘lga kiritgan bo‘lsa, faxrli 1-o‘rinni "Shoqishloq" maxallasi yoshlari egalladi.
G‘olib va sovrindorlar 3-sektor rahbari, Tuman IIB boshlig‘i tomonidan diplom, medal hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.