Sariosiyo tuman hokimligida aloqador tashkilot rahbarlari ishtirokida jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan muhokama yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 3 yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-sonli qarorida belgilangan vazifalar atroflicha muhokama qilinib, davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar xalq farovonligi yo‘lida xizmat qilishligini, har bir davlat xizmatchisi ushbu qarorning ijrosini ta’minlashi zarurligi ta’kidlab o‘tildi hamda mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va tushunchalar berildi.
Shuningdek, yig‘ilishda amalga oshirilayotgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar tegishlicha muhokama qilinib, shu bilan birgalikda kelgusida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish yuzasidan zarur bo‘lgan ishlar belgilab olindi.