Sariosiyo tuman hokimi rahbarligida viloyat IIB JXX HPB VEIHYOK Markazi hamda tuman hokimligi, sektor raxbarlari va voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlar hamkorligida yig'ilish bo'lib o'tdi.
Tuman hokimi Abduqodir
Donayev rahbarligida Sariosiyo tumani va viloyat IIB Jamoat xafsizligi xizmati Huquqbuzarliklar
profilaktikasi boshqarmasi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish
markazi hamda sektor raxbarlari bilan birgalikda, tuman hokimligi tomonidan
voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlar hamkorligida
yig'ilish bo'lib o'tdi.
Yig'ilishda qarovsiz va
nazoratsiz yurgan, jinoyatga moyil, ijtimoiy ogʻir ahvolda qolgan voyaga
yetmaganlarni yashash joylarida oʻrganish va ijtimoiy huquqiy hamda psixologik
yordamlar koʻrsatish ishlarini tashkil etishdagi hamkorlik masalalari, shuningdek,
voyaga yetmaganlar bilan ishlashda yuzaga kelayotgan muammoli masalalar
muhokama qilindi.
Hozirgi kunda respublikada
voyaga yetmaganlar orasida huquqbuzarlik holatlari ortib borayotgani hamda
muammoli o‘quvchilar bilan ularning ota-onalari ishtirokida manzilli ishlash
tizimida kamchiliklar mavjudligi tanqid qilinib kelgusi rejalar belgilandi.