30 Sentyabr 2025 yil 60

Sariosiyo hamda Uzun tuman IIBlarida tashkil etilgan ishchi guruh shtabi faoliyati o‘rganildi.

Joriy yil 30 sentabr kuni Surxondaryo viloyati IIB Shimoliy mintaqaviy hudud mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi boshlig‘i podpolkovnik Sherzod Shadiev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki  ishlar vazirining 2025 yil 17-sentabr kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshirig‘i ijrosi ta’minlash maqsadida, hududlarda o‘tkazilayotgan  “Xavfsiz hudud – Dolzarb 20 kunlik” tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida, boshqarma Shimoliy mintaqaviy hudud tarkibiga kiruvchi Sariosiyo hamda Uzun tuman IIBlarida tashkil etilgan shtab faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida, “Dolzarb 20-kunlik” ishchi guruh shtabi a’zolarining faoliyati tanqid qilinib, aniqlangan kamchilliklarni zudlik bilan bartaraf etish, hududlarda huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, “ijtimoiy profilaktika” sohasida ishlarni jadallashtirish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Text to speech