Sangardakda ichki turizm yarmarkasi o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Respublikaga xorijiy turistlar oqimini keskin oshirish hamda ichki turizmni yanada
jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-9-sonli farmoni ijrosi yuzasidan
Sariosiyo tumanidagi “Sangardak sanatoriyasi”da ichki turizm yarmarkasi o‘tkazildi.
Ushbu yarmarkada turizm sohasiga
aloqador barcha mutasaddi idoralar, mahalliy sayyohlar va qo‘shni Tojikiston Respublikasidan
tashrif buyurgan xorijiy mehmonlar ishtirok etishdi.
Tashrif buyurgan mehmonlarga viloyat IIB Xavfsiz turizmni
ta’minlash boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan sayyohlar xavfsizligini ta’minlash
borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida kerakli ma’lumotlar berib o‘tildi.
Shuningdek mehmonlarga maroqli dasm olishlari va hordiq chiqarishlari uchun barcha
sharoitlar muhayyo etildi.