26 May 2025 yil 630

“Sangardak dam olish maskani”ga tashrif buyuruvchi sayyohlar o‘rtasida targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.

Surxon vohasining so‘lim va betakror “Sangardak dam olish maskani”ga Respublikaning turli viloyatlaridan ko‘pgina mahalliy va xorijiy sayyohlar tashrif buyurishmoqda.

Viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan ushbu maskanga tashrif buyuruvchi sayyohlarga o‘zlarining shaxsiy xavfsizlik va belgilangan tartib-qoidalarga amal qilishlari yuzasidan kerakli tushunchalar berib kelinmoqda.

Shuningdek, turizm jozibadorligiga salbiy ta’sir etuvchi holatlarni oldini olish maqsadida, tilamchilik bilan shug‘ullanayotgan shaxslarga tegishli choralar ko‘rilishi haqida qat’iy ogohlantirib o‘tildi.

Text to speech