San’at saroyida viloyat IIB xodimlariga "Chorrahadagi odamlar" spektakli namoyish etildi
Joriy yilning 19-fevral kuni Surxondaryo viloyati ichki
ishlar boshqarmasi shaxsiy tarkibining ma’naviy xordiq chiqarishlarini tashkil etish
va “Ma’naviyat va ma’rifat darsi”ni no’ananaviy tarzda tashkil etish maqsadida Surxondaryo
musiqali dramma teatri ijodiy jamoasi tomonidan sahnalashtirilgan “Chorrahadagi
odamlar” spektakli namoyish etildi.
Bugungi kunning asosiy muammosiga aylanib borayotgan
onlayn qimor (katalizator) o‘yinlarining salbiy oqibatlari, bu yo‘lga adashib, kirib
qolishning ayanchli oqibati aks ettirilgan spektakl barchaga manzur bo‘ldi.
Shundan so‘ng, ichki ishlar organlari xodimlariga xizmat
vaqtida va xizmatdan tashqari vaqtlarda qimor hamda shunga o‘xshash tavakkalchilikka
asoslangan o‘yinlarda qatnashmasligi, shaxsiy manfaati yo‘lida salbiy holatlarga
yo‘l qo‘ymasliklari xususida so‘z yuritildi. Shuningdek,
Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik
Sh.F.Shadiev tomonidan xodimlar o‘zlarining bo‘sh vaqtlarida, boy madaniy merosimiz,
tarixiy an’analarimiz bilan tanishishlari,
kitobga oshno bo‘lib, ma’naviy-ma’rifiy va huquqiy bilimlarini oshirishlari
lozimligi ta’kidlandi.