Sana munosabati bilan faxriylar hamda xizmat chog‘ida halok bo‘lgan xodimlarning oila a’zolari holidan xabar olindi.
Har yili yurtimizda 1-oktabr O‘qituvchi va murabbiylar kuni sifatida keng nishonlanadi. Bu sana nafaqat ta’lim-tarbiya sohasida, balki jamiyatimizning barcha jabhalarida o‘z mehnati, tajribasi va fidoyiligi bilan yosh avlodga yo‘l ko‘rsatayotgan insonlarga hurmat izhor etiladigan ayyomdir.
Sana munosabati bilan, viloyati IIB o‘rinbosari, podpolkovnik
Zavkiddin Xujanov
hamda mas’ul xodimlar tomonidan, Ichki
ishlar tizimida ham uzoq yillar davomida xizmat qilib, yosh xodimlarga ibrat bo‘lib
kelayotgan murabbiylarimiz, faxriy ustozlarimiz holidan habar olindi. Ularning Vatan va xalq manfaati
yo‘lidagi sadoqati, tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashdagi xizmatlari bugungi
avlod uchun ibrat maktabi ekani alohida ta’kidlandi.
Ushbu ma’naviy-ma’rifiy tadbirda nafaqat nafaqa gashtini surayotgan nuroniylar, balki xizmat davrida jonbozlik ko‘rsatib, halok bo‘lgan xodimlarning oilalari, yaqinlari ham e’tibordan chetda qolgani yo‘q. Xonadonlarga borib ular bilan dildan suhbatlar qurilib, viloyat IIB boshlig‘ining bayram sovg‘alari ulashildi.