Samarali hamkorlik o'rnatildi
Joriy yilning 12 iyun kuni Surxondaryo viloyati IIB shaxsiy tarkibi bilan navbatdagi ma'naviyat va ma'rifat darsi tashkil etilib, ushbu yig'ilishda muhtaram Prezidentimizning 2021 yil 2 aprel kunidagi "ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini ta'minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to'g'risida"gi
PQ-5050-son qarori bilan tasdiqlangan "ichki ishlar organlarida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etish kontsepsiyasi" ijrosini ta'minlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Ma'naviyat va ma'rifat markazi bilan imzolangan memorandumida qo'yilgan talablar, ularning ijrosi va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo'lgan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar muhokama qilindi. Ma'naviy-ma'rifiy ishlarni nafaqat ichki ishlar organlarida balki butun respublikamiz bo'ylab keng targ'ib qilish masalasiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Xususan, ichki ishlar tizimida ham ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etish hamda ushbu memorandum ijrosini ta'minlash maqsadida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi viloyat bo'limi hamda va ichki ishlar boshqarmasi hamkorlikda ichki ishlar organlarida ma'naviy - ma'rifiy ishlarni o'tkazish bo'yicha alohida yo'l xarita ishlab chiqildi.
Memorandumga ko'ra viloyat IIB ma'rifat xonasining kaliti Respublika ma'naviya va ma'rifat markazi Surxondaryo viloyati bo'limi rahbari Nargiza Raxmatullaevaga topshirildi.
N.Raxmatullaeva yig'ilish ishtirokchilariga ushbu bildirilgan ishonch uchun o'z minnatdorchiligini bildirib, doimo hamkorlikda ishlash uchun tayyor ekanini bildirdi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati