18 Aprel 2023 yil 352

Salomatlik sirlari: Yuqumli ichak infeksiyalari yuqishidan saqlaning!

Kunlarning  isib borishi, yoz faslining boshlanishi  natijasida aholi orasida o‘tkir yuqumli oshqozon ichak kasalliklari xususan o‘tkir diareya , qorin tifi, salmonilyoz, virusli gepatit va boshqa ovqatdan zaxarlanish kasalliklarining tarqalishi ehtimoli ortib boradi. Ushbu kasalliklar tez yuquvchi kasalliklar bo‘lib, holsizlanish, bosh va qorin og‘rig‘i, ko‘ngil aynib qayd qilish, ichning suyuq, tez-tez ketishi bilan kechadi. O‘tkir xavfli, yuqumli oshqozon ichak kasalliklarining kelib chiqishida shaxsiy gigiena qoidalariga e’tibor qilmaslik, qaynatilmagan ariq, xovuz va quduq suvlari, yuvilmagan sabzavot va mevalar  shu bilan birga pashshalar alohida axamiyat kasb etadi. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan qoidalarga rioya qilmaslik natijasida kasallik sog‘lom odamlarga yuqadi. Kasallikning oldini olishda quyidagi  qoidalarga rioya etilishi zarur:

-Har doim, ayniqsa ovqatlanishdan oldin qo‘lingizni sovunlab yuving;

-Meva va sabzavotlarni toza ichimlik suvida(iloji bo‘lsa qaynagan suvda) yuvib istemol qiling;

-Ochiq suv xavzalaridan suv ichmang, faqat qaynatilgan suv iching, mumkin bo‘lmagan joylarda cho‘milmang;

-Oziq -ovqat maxsulotlarini tayyorlash, saqlash va ularni tashish hamda tarqatilishida santariya- gigiena qoidalariga rioya qiling;

-Non va boshqa oziq-ovqat maxsulotlarini polietilen xaltachalar va usti berk idishlarda saqlang;

-Idish tovovoqlarni sovun va yuvuvchi vositalar bilan uyushgan jamoalarda qo‘shimcha 0.2-0.5% xlorli aralashma bilan birgalikda yuving;

-Pashshalarning ko‘payib ketishiga yo‘l qo‘ymang;

-Hududlar, ovqatlanish obektlari hamda umumiy foydalanish joylarining tozaligi va sanitariya holatini saqlab turing;

-Tez buziluvchi oziq-ovqat maxsulotlarini xarid qilayotganingizda uning sifati va yaroqliligiga e’tibor qarating;

-O‘zingiz va bolangizning tirnoqlarini o‘z vaqtida olib, bolangiz qo‘llarini doimo toza tutishga o‘rgating;

-Axlat tashlash joylarni tez-tez dezinfeksiya vositalari bilan zararsizlantirib turing;

-Ko‘ngil aynib, qorinda og‘riq paydo bo‘lsa, ich ketishi va ba’zi hollarda tana xarorati ko‘tarilsa zudlik bilan tibbiyot xodimlariga murojaat eting, shifokorlar maslaxatisiz har xil dori-darmonlarni o‘z bilganingizcha iste’mol qilmang.

Text to speech