“Saylov huquqi: inson qadriga yuksak e’tibor” mavzusida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i
tomonidan 2024 yil 10 avgust kuni tasdiqlangan farmoyishga asosan, joriy yilning
13 avgust kuni Shimoliy mintaqaviy hudud Uzun va Sariosiyo tumanlari IIB shaxsiy
tarkibi bilan saylov tizimining o‘ziga xos xususiyatlari va siyosiy partiyalar to‘g‘risida
o‘quv yig‘ini tashkil etildi.
O‘tkazilgan
o‘quv yig‘inida, Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash
xizmati boshlig‘ining yordamchisi podpolkovnik F.Qlichev, Surxondaryo viloyati Adliya
boshqarmasi huquqiy axborot bo‘limi bo‘yicha bosh maslahatchisi B.Avazovlar ishtirok
etishdi.
Mazkur o‘quv yig‘inida Surxondaryo
viloyati Adliya boshqarmasi huquqiy axborot sho‘basi bosh maslahatchi Avazov Bunyodning
O‘zbekiston Respublikasi
saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirishlar haqidagi ma’ruzasi tinglanib, xodimlarning yangi saylov
tizimining o‘ziga xos xususiyatlari va siyosiy partiyalar to‘g‘risidagi bilim va
malakasini oshirishga qaratildi.