“Sayyor qabul”da qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari va ularning oila a’zolarining murojaatlari tinglandi.
Aytish kerakki, bugungi kunda barcha davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlari bilan ishlashga alohida e’tibor qaratilib, fuqarolarning huquq va manfaatlari oliy qadriyat darajasiga ko‘tarildi. Joylarda o‘tkazilayotgan ommaviy sayyor qabullar, xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishga xizmat qilmoqda. Shu jumladan, Qo‘riqlash Departamenti hamda uning hududiy boshqarmalarida ham muntazam ravishda ochiq muloqot va sayyor qabullar tashkil etilib, aholi roziligiga erishilmoqda.
Kuni kecha Ichki ishlar
vazirligi huzuridagi Qo‘riqlash Departamenti boshlig‘ining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar
va kadrlar bilan ta’minlash bo‘yicha o‘rinbosari podpolkovnik B.S.Jumaev tomonidan
Surxondaryo viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi tizimidagi xodimlar hamda ularning oila
a’zolari ishtirokida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
Qabulda shaxsiy tarkib
va fuqarolar, Qo‘riqlash tizimiga ishga tiklanish, ishga qabul qilish, xizmatni
boshqa hududga ko‘chirish, oilaviy nizolarga barham berish, ijtimoiy himoya va boshqa
turli masalalar yuzasidan murojaatlar qilishdi.
Ochiq muloqotda qatnashchilarga huquqiy tushuntirishlar berilib, ko‘tarilgan ayrim masalalar joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, ayrim muddat talab etiladigan murojaatlar tegishliligi bo‘yicha mas’ullar tomonidan nazoratga olindi.