Sayyor qabul murojaatlar yechimi: Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Ismoilov Timur Kamalatdinovich Muzrabot tumanida aholi murojaatlarini o‘rgandi.
Xalq bilan muloqot tizimini yanada takomillashtirish, aholi uchun dolzarb
bo‘lgan muammolarni tezkor hal etish orqali ularning turmush tarzini yaxshilash
maqsadida, vazirlik – idora, sektor, viloyat va tumanlardagi barcha darajadagi rahbarlar
tomonidan joylarda sayyor qabullar o‘tkazilish belgilangan.
Shu munosabat bilan joriy yilning 2 fevral kuni Surxondaryo viloyati
Muzrabot tumani “Yakka tol” mahallasida joylashgan 8-sonli umumiy o‘rta-ta’lim
maktabi binosida Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Ismoilov Timur Kamalatdinovich rahbarligida, viloyat
Xalq qabulxonasi vakillari va mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirokida “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” mezoni doirasida amalga
oshirilgan ishlar hamda mahalla aholisining muammolarini o‘rganish maqsadida “Sayyor
qabul” tashkil etildi.
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i boshchiligida o‘tkazilgan qabulda fuqarolarning salomatlik,
ijtimoiy himoya, bandlik, uy-joy ta’miri, kredit, ta’lim va boshqa bir qator masalalarda
bildirgan murojaatlari tinglanib, ijobiy yechim izlandi.
O‘z muammolariga yechim izlab kelgan fuqarolarning 30 ga yaqin murojaatlarining
16 tasi shu joyning o‘zida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, 4 nafariga huquqiy tushuntirishlar
berildi. O‘rganish talab etilgan 9 ta murojaatlarning
ijrosi nazoratga olindi.
Sayyor qabullar davomida, Viloyat IIB boshlig‘i tomonidan
4 nafar fuqaroga shaxsini tasdiqlovchi
ID kartalar tantanali ravishda topshirildi.
Shundan so‘ng “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” mezoni doirasida Yakka tol mahallasida amalga oshirilayotgan
ishlar bilan yaqindan tanishib, aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan
viloyat va tuman mutasaddi rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi.