10 Avgust 2022 yil 587

Sayyor qabul muammolar yechimi

Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari podpolkovnik  Tursunov Ikromjon  Normurodovich  tomonidan, aholi murojaatlarini joyiga borgan holda o‘rganish, muammolarni manzilli hal qilish maqsadida, Termiz tumani 3-sektor hududiga qarashli “Uchqizil” mahallasida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

Sayyor qabulda tuman Xalq qabulxonasi mudiri Otabek Normatov, Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudi raisi Odil Begimqulov tuman IIB boshlig‘i 3-sektor rahbari O‘ktam Mustafaqulov, tuman hokimining o‘rinbosarlari hamda aloqador korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi.

Aholi tomonidan turli mazmunni qamrab olgan yigirmaga yaqin murojaatlarning har biri tegishliligi bo‘yicha shu joyning o‘zida mas’ullar va mutaxassislar ishtirokida o‘rganib chiqildi.

“Uchqizil” mahallasida yashovchi fuqaro Tursunova Sharofat Yangiqurilish ko‘chasida elektr simyog‘och temirdan bo‘lganligi temirdan tok o‘tkazish xavfi yuqori bo‘lganligi sababli izoliyatsiyalovchi choynak o‘rnatib   berishda amaliy yordam so‘rab qilgan murojati viloyat va tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan o‘rganilib izoliyatsiyalovchi choynak o‘rnatib berildi.

Sayyor qabulga kelgan o‘z muammolari bilan kelgan bir qator fuqarolarning murojaatlari shu yerning o‘zida ijobiy yechim topilgan bo‘lsa, 15 nafar fuqaroning murojaati, 1 ta ijrochilik intizomi masalasida tuman IIBga, 4 ta elektr energiya masalasida viloyat elektrosetga, 1 ta aliment masalasida shahar majburiy ijro bo‘limiga, 3 ta uy joy, ijara puli va moddiy yordam masalasida tuman xokimligiga, 2 ta yer masalasida Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri tuman bo‘limiga, 3 ta Yoshlar daftariga kiritish va modiy yordam masalasi bo‘yicha Yoshlar agentligi Termiz tumani bo‘limiga, 1 ta kredit masalasi tumani “Mikrokredit” banki hamda xokim yordamchisiga ijrosi muddat va qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan murojaatlar mas’ullarga yo‘naltirilib, ijrosi bo‘yicha muddatlar belgilanib, nazoratga olindi.

Fuqaroligi bo‘lmagan 4 nafar shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi berilganligi to‘g‘risidagi hamda 4 nafar shaxslarga fuqarolik ID kartasi ramiylashtirilib berildi.

Shuningdek, sayyor uchrashuvda viloyat IIB boshlig‘ining 1-o‘rinbosari podpolkovnik I.Tursunov bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokamasi borasida ma’lumotlar berib, fuqarolardan yurtimizda bo‘layotgan siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etishlarini so‘radi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech