8 Avgust 2022 yil 333

Sayyor qabul: Fuqarolar murojaatlari e’tibor markazida

Joriy yilning 2 avgust kuni Jarqo‘rg‘on tumanining «Do‘stlik» mahallasida Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari Sh.Shodiev, Jarqo‘rg‘on tuman IIB boshlig‘i Sh.Allamuratov, tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i A.Almardonov va bir qator mutassadi tashkilot mas’ul xodimlari hamda fuqarolar ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.

Unda fuqarolarning gaz va ichimlik suvi ta’minoti, yo‘llarni ta’mirlash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, sog‘ligini tiklab olish, imtiyozli kredit, moddiy yordam olish, ishga joylashish hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish kabi masalalar bilan bog‘liq murojaatlari tinglandi.

Qabul davomida, muqaddam jinoyat sodir etib, jazoni ijro etish muasassasidan ozod qilingan fuqaro Boboqulov Sherzod ”Jarqo‘rg‘on Eksport Meva Savzovod” MChJga ishga joylashtirildi bundan tashqari bir necha yillardan buyon ba’zi imkoniyati yetmaganligi sabab O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik pasportini olishning imkoniyati bo‘lmay  yurgan  fuqaro  Menglieva Gulchehra, Mirzamurodova Momagul Abraeva Saodatlarga O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik “ID” kartalari topshirildi.

Bundan tashqari fuqaro Yuldosheva Tursunoyning moddiy yordam olish to‘g‘risidagi murojaati ijobiy hal etilib, tuman xokimligi tomonidan moddiy yordam ajratiladigan bo‘ldi.

Text to speech