1 May 2020 yil 1243

Sahovat va ko'makka yo'g'rilgan xayrli ishlar davom ettirilmoqda

Azal-azaldan ota-bobolarimiz, etim esirlarning, kambag'al va bechorlarning, nogiron va hastalarning, yoshi ulug'kimsalarning boshini silab, ularning og'irini engil qilib, qo'ldan kelganicha ularning xonadoniga sahovat ortadan qo'llarini qo'llaridan kelganicha yordam ko'rsatishgan. Bu an'ana asrlar osha bag'rikeng olijanob xalqimizning urf odatiga aylanib qon-qoniga singib ketgan desak xato qilmagan bo'lamiz.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tomonidan o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida "sahovat va ko'mak" umumxalq harakatini tashkil etish bo'yicha berilgan topshiriqlari ijrosini ta'minlash shuningdek, muborak ro'za Ramazon oyida, mamlakatimizda istiqomat qilayotgan nogiron, kam ta'minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo'qotgan oilalarning holidan xabar olish, ularga yordam ko'rsatish, muammolarini o'rganish orqali ularni ijobiy hal qilish maqsadida, Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig'ining tashabbusi bilan ham ana shunday ezgu va xayrli ishlar davom ettirilmoqda.
Surxondaryo viloyatida istiqomat qiluvchi 1000 ta ana shunday oilalarning muammolarini o'rganish bilan bir qatorda o'n turdagi oziq - ovqat mahsulotlari bugun 224 ta oilalarning xonadonlariga etkazib berildi. Ushbu mahsulotlar mamlakatimizda e'lon qilingan karantin sababli mahsulotlarni manzillarga etkazib beruvchi transport vositalari hamda mahsulotlar solingan idishlar karantin qoidalariga amal qilingan holda ichki ishlar boshqarmasi tibbiyot bo'limi qoshidagi pokiza Termiz profilaktik dizenfektsiya sho''ba korxonasi xodimlari tomonidan dizinfektsiya ishlari amalga oshirildi.
Sahovat va ko'makka yo'g'rilgan bunday xayrli ishlar viloyatning barcha shahar va tumanlari ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan amalga oshirilmoqda.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech