Sahovat va ko'mak: bugun ularning xonadonlariga baraka kirdi.
Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan "sahovat va ko'mak" umumxalq harakati sahovatpesha insonlarni bir manzil sari jipslashtirmoqda.
Buning misoli sifatida Surxondaryo viloyati IIB YXHB boshlig'i podpolkovnik I.V. Soipov boshchiligidagi shaxsiy tarkib Angor va Muzrabot tumalari hududidagi 7 ta oilani homiylikka olib, muntazam ularning holidan xabardor bo'lib, oziq-ovqat va zaruriy ehtiyoj buyumlar bilan ta'minlab kelmoqda.
Bugun ham ularning xonadonlariga tashrif buyurgan xodimlar, moddiy qo'llab quvvatlash, bandligini ta'minlash, qo'shimcha daromad manbaiga ega bo'lishlari va nochorlikdan chiqarishda beg'araz ko'mak berishdi. Ularni qiynab kelayotgan muammolar bilan tanishib, YHXB ko'magida bilan bu muammolarni bartaraf etish choralari kelishib olindi.