12 May 2020 yil 705

"Sahovat va ko'mak" kambag'allikdan qutilish demak...

Koronavirus tarqalishining oldini olish, pandemiyaning ta'sirini yumshatish hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash borasida Angor tumanining 3-sektor hududida samarali ishlar olib borilmoqda. 3-sektor hududida istiqomat qilib kelayotgan 70 ta oilalarga 21 nafar homiylik qilish istagini bildirgan tadbirkor va fermerlar biriktirilib, hozirgi kunda 70 nafariga ham 15 kunlik oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlandi.
Tadbirkorlarimiz tomonidan ushbu ehtiyojmand oilalarning ijtimoiy ahvolini yaxshilash maqsadida, 8 nafariga bir boshdan qoramol, 2 nafariga 30 bosh parranda berildi.
Bundan tashqari yana 11 nafar fuqaro kredit mablag'lari evaziga bir boshdan qoramol harid qilish istagini bildirganligi uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, tuman Mikrokredit bankiga taqdim etildi.
Yuqoridagi xonadonlarni kambag'allikdan chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar kunlik nazorat ostida olib borilmoqda.
Tuman aholisiga yanada qulayliklar yaratish maqsadida, ekinlarni ekish uchun 14 tonna urug', 871 tonna mineral o'g'itlar va 70 tonna yoqilg'i moylash mahsulotlari hisob-kitob qilinib, etkazib beruvchi ta'minotchi korxonalar tomonidan o'z vaqtida etkazib berilishi yo'lga qo'yildi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech