Sabr va oqibatsizlik o'zaro janjalga sabab bo'ldi
Qiziriq tumanida 2021 yil 10 avgust kuni tuman IIB TBdan tushgan hujjatlarga ko'ra, 7 avgust kuni soat 18.00 larda, tumanning "Gilambob" mahallasida yashovchi, S.Xamid, tumanning "Istiqlol" mahallasida yashovchi, N.Husniddinning tomorqasida ekilgan ekinni sug'orish uchun ochilgan suv masalasida o'zaro janjallashib qolib, S.Xamid qo'lida bo'lgan ketmon bilan N.Husnidinni boshiga va yuziga urib, "hayot uchun xavfli bo'lgan og'ir" tan jarohati etkazgan. 10 avgust kuni S.Xamidga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi "l" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
S.Xamid biroz sabr qilib, N.Husniddinning tomorqasiga ekilgan ekinlarini sug'orib olishini kutib turganida, o'zaro bir birlariga oqibatli bo'lib, hurmat qilishganlarida o'rtada o'zaro tortishuv va janjal sodir etilishining oldi olinar edi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati