17 Iyun 2024 yil
658
Yurtimiz – baxtiyor yoshlar mamlakati.
Yoshlar masalasi har doim mamlakatimiz siyosati darajasidagi eng muhim masalalardan
bo‘lib kelgan. So‘nggi yillarda yoshlarimiz uchun yaratilayotgan keng ko‘lamdagi
imkoniyat va shart-sharoitlar, ularning o‘qib-o‘rganishlari, qizg‘in faoliyat ko‘rsatishlari
uchun qaratilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlikni har qancha e’tirof etsak arziydi.
Respublikamiz bo‘ylab start olgan "Yoshlar festivali" ham so‘zimizning
isboti bo‘la oladi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Vohamiz bo‘ylab ushbu festival keng qamrovda, ko‘tarinki ruhda o‘tkazilmoqda.
Ayni damda
vohamizning Denov tumanida bo‘lib o‘tayotgan festivalda huquqni muhofaza qiluvchi
organ xodimlari tomonidan, tadbirning tinch va osoyishta o‘tishida sergaklik va
hushyorlik asosida xizmat jarayonlari olib borilmoqda.