Erta nikohning oldini olish maqsadida, ta’lim muassasalarida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 03 yanvar kunidagi “2025 yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 01-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Ichki ishlar vazirligi tomonidan Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Xavfsiz hudud-dolzarb 20 kunligi” keng qamrovli profilaktik tadbiri o‘tkaziligi belgilangan.
Shu munosabat bilan o‘tkazilayotgan profilaktik
tadbirlari doirasida, hozirgi kunda urfga aylanayotgan salbiy odatlardan biri, ota-onalar tomonidan
farzandlarini erta turmushga chiqarish holatlari uchrayotganligi sababli Termiz
shahridagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ham “erta nikoh” ni oldini olish bo‘yicha
ota-onalar ishtirokida yig‘ilishlar tashkil etilib kelinmoqda.
O‘tkazilayotgan yig‘ilishlarda, voyaga yetmagan va yoshlar orasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, erta turmush, tazyiq va zo‘ravonliklar haqida tushunchalar berilib, erta nikohning salomatlikka, ruhiyatga jiddiy ta’sirlari, salbiy huquqiy oqibatlari haqida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.