19 Iyul 2025 yil 560

Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan mahallalarda profilaktik uchrashuvlar olib borilmoqda

“Xavfsiz va sog‘lom yurt” tadbiri doirasida Surxondaryo viloyati Qo‘riqlash boshqarmasining psixolog, xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha mutaxassislari tomonidan biriktirilgan mahallalar bo‘ylab “xonadonbay” tizim asosida aholi orasida profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Bunda xotin-qizlar, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish choralari ko‘rilmoqda.

Termiz shahrining Bog‘ishamol mahallasida istiqomat qiluvchi “himoya orderi” berilgan, spirtli ichimliklarga ro‘ju qo‘ygan fuqarolar bilan profilaktik suhbatlar olib borilib, ularning muammolari o‘rganildi. Oilalarda ajrimning oldini olish, oila mustahkamligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Text to speech