9 Aprel 2020 yil 889

Reyd tadbiri davom etadi

Joriy yilning 01 aprel kuni Surxondaryo viloyati IIB YHXB boshlig'ining tarbiyaviy ishlar bo'yicha o'rinbosari tomonidan, karantin qonun qoidalari talablari fuqarolarimiz va haydovchilarimiz tomonidan qanchalik darajada bajarilayotganligi tekshirish maqsadida, viloyat IIB YHXB YPXO 1-safarbar guruhi xodimlari, Milliy gvardiya va DSENM mas'ul xodimlari ishtirokida nazorat tadbiri oldidan yo'riqnoma berildi. Yo'riqnoma vaqtida mayor A.To'raev tomonidan tadbir ishtirokchilariga fuqarolar bilan xushmuomalada bo'lishlari, qoidabuzar piyoda va haydovchilarga nisbatan qay tartibda choralar ko'rilishi to'g'risida tushunchalar berildi. Nazorat tadbiri davomida Termiz shahri hududida tegishli ruxsatnomalar olmasdan ko'chalarda harakatlanib yurib karantin qoidalarini buzganligi sababli 31 nafar haydovchilarga nisbatan qonun doirasida ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, me'yoriy hujjatlari to'liq bo'lmagan va qo'pol qoidabuzarlik sodir etgan haydovchilarning avtomashinalari vaqtinchalik jarima maydoniga qo'yildi. Nazorat tadbirlari davom etadi.

Text to speech