18 Mart 2021 yil 574

Restorandagi o'g'irlik fosh etildi

Termiz shahrida 2021 yilning 10 mart kuni, Afg'oniston Islom Respublikasi qobul shahrida yashovchi, M.S. Termiz shahar IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 10 mart kuni, shahardagi "diplomat" restoranida, ovqatlanib egnida bo'lgan kastyumini echib, divan chetiga qo'yganida, kastyumining cho'ntagida bo'lgan 100 (yuz) AQSh dollari, 2 dona fleshka karta va 2500 (ikki ming besh yuz) afg'on puli bilan noma'lum shaxs o'g'irlab ketganligini bildirgan. Ichki ishlar xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida ushbu o'g'rilik jinoyatini, Termiz tumanida yashovchi, Sh.E. ismli ayol sodir etganligi aniqlanib ushlangan va undan ashyoviy dalillar olingan. 13 mart kuni Sh.E. ismli ayolga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
O'zgalarning pullarini o'g'rilik qilish orqali o'zlashtirib, oson yo'l bilan kun ko'rishni odat qilgan Sh.E. ismli ayol ayollik nomiga dog'tushirib, isnod keltirganligidan, qilgan qilmishidan ming bir pushaymonligini izhor etgani bilan qonun oldida javob berishiga to'g'ri keladi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech