8 Avgust 2022 yil
381
Restoranda telefon o‘g‘irlandi
Termiz shahrida 2022 yil 3 iyul kuni, shaharning “Do‘stlik” mahallasida yashovchi, R.Rustam (ism shariflar o‘zgartirilgan) viloyat IIB “102” xizmatiga qilgan murojaatida, shaharning “Tuproqqo‘rg‘on” mahallasidagi restoranda, 2.400.000 (ikki million to‘rt yuz ming) so‘mlik “Redmi not” rusumli, telefon apparatini noma’lum shaxs o‘g‘irlab ketganligini bildirgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida, ushbu o‘g‘irlik jinoyatini, Sariosiyo tumanida yashovchi, R.Guloiym sodir etganligi aniqlanib, ashyoviy dalil olingan. 20 iyul kuni R.Guloyimga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati