24 Avgust 2024 yil 268

Respublikamiz miqiyosida “Mahalla obod-yurt obod” shiori ostida o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hasharida Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi ham xayrixohlik bilan ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 33 yillik bayrami oldidan Respublikamizning barcha hududlarida “Mahalla obod-yurt obod” shiori ostida o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.

Shu munosabat bilan bugun Surxondaryo viloyati IIBning barcha sohaviy xizmatlari, shahar-tuman IIBlarining binolari, unga tegishli hovli va yer maydonlarida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.  

Shu aziz yurt barchamizniki, uning tozaligi va obodligi esa ona Vatanimiz go‘zalligiga go‘zallik qo‘shadi, degan tashabbus bilan daraxtlar oqlanib, gul ko‘chatlari o‘tqazildi.  Boshqarma hudidi va unga tutash joylar supurilib, tevarak-atrof maishiy chiqindilardan tozalandi.

Hashar barchani ahillik va hamjihatlik ila bunyodkorlikka chorladi. Diyorimizning har qarich yeri, unda ungan har bir gulu giyoh, daraxtlar insonlar uchun qadrliligi, yurt obodligi-ko‘ngil obodligining ifodasi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Zero, tozalik, obodlik, saranjom-sarishtalik bor joyda qut-baraka bo‘ladi.

Text to speech