Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Xavfsiz hudud dolzarb 10 kunligi” tezkor profilaktik tadbiri Surxondaryo viloyatida ham izchillik bilan davom etmoqda.
Joriy yilning 17 sentabr kunidan 27 sentabr kuniga qadar Respublika miqyosida “Xavfsiz hudud dolzarb 10 kunligi” tezkor profilaktik tadbiri doirasida, Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan, hududlarda xizmat olib borayotgan inspektor-psixologlar shuningdek, keng jamoatchilik vakillari bilan hamkorlikda viloyatimizdagi umumiy o‘rta ta’lim hamda kasb-hunar maktablari, litsey va xususiy ta’lim muassasalari o‘quvchilari, shuningdek og‘ir toifadagi yoshlar o‘rtasida ta’lim muassasalari, mahalla hududida jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik, ta’lim muassasalarini havfsiz hududga aylantirish, ota-onasi xorijiy davlatlarga vaqtincha ishlash maqsadida ketgan, shuningdek profilaktik hisobda turgan voyaga yetmaganlar bilan “O‘smir”, “Davomat”, “Tungi reyd” va “Tig‘” profilaktik tadbirlari amalga oshirilmoqda.
O‘tkazilayotgan profilaktik tadbirlar davomida, viloyat hududidagi 976 ta
umumiy o‘rta ta’lim, 7 ta xususiy, 17 ta kasb-hunar maktablarida “O‘smir”, “Davomat”,
“Tig‘” va “Tungi reyd”larda 1 436 marotaba “Davomad” tadbirlari o‘tkazilib, qariyib
37 nafar muntazam darslarga qatnashmay kelayotgan o‘quvchilarning to‘liq dars jarayonlariga
qaytishi ta’minlandi.
Shuningdek, “O‘smir” va “tungi reyd” profilaktik tadbiri davomida viloyat
hududida nazoratsiz va qarovsiz qolgan voyaga yetmaganlar, viloyat IIB Jamoat xavfsizligi
xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy
yordam ko‘rsatish markazlariga joylashtirildi.
Bundan tashqari, maktab va kasb-hunar maktablari hamda litsey o‘quvchilari
orasida biriktirilgan inspektor-psixologlar hamda ta’lim muassasalari o‘qutuvchilari
bilan hamkorlikda o‘tkazilgan “Davomad” va “Tig‘” tadbiri davomida qariyb 32 nafar
o‘quvchilarning yonida 37 dona o‘tkir tig‘li vositalar borligi aniqlanib, ularning
ota-onalari va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi
MJtKning 47-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy choralar ko‘rilishi ta’minlandi.  
Viloyat miqyosida kuchaytirilgan profilaktik reyd tadbirlari davom etmoqda.