12 Mart 2021 yil 595

Respublika ishchi guruhi surxondaryoliklar muammolarini o'rganishda davom etmoqda

Har bir inson borki bu dunyoda yaxshi yashashga intiladi. U ham ushbu jamiyatda farovon turmush kechirishga to'la qonli haqlidir. Yurtimizda bo'layotgan keng ko'lamli islohotlarni qalbdan his qilishi uchun, ko'ngil xotirjamligi kerak. Bunga esa muammolar echimi bilan erishiladi. Ayni jihatlar xududlarda o'tkazilayotgan sayyor qabullarda ham o'z ifodasini topmoqda. Surxondaryo viloyatida ochiq muloqot tarzida o'tkazilayotgan ana shunday sayyor qabullarda odamlarning dardi tashvishi tinglanib, muammolarni hal etishda amaliy yordamlar ko'rsatilmoqda.
Surxondaryoda sud-huquq masalalari bo'yicha tashkil qilingan ommaviy qabullarning navbatdagi kunida viloyatning Oltinsoy, Denov, uzun va Sariosiyo tumanlari aholisining muammolari o'rganildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi, Xalq qabulxonalari, Oliy sud, sudyalar oliy kengashi, Bosh prokuratura, ichki ishlar vazirligi rahbarlari ishtirokida o'tkazilgan sayyor qabulda aholi murojaatlari atroflicha o'rganib chiqilmoqda. Ochiq muloqot shaklida tashkil etilgan qabullarda har bir murojaatchining arzi-holi tinglanib, ularning e'tiroziga sabab bo'lgan holatlar chuqur tahlil qilinib, muammoni bartaraf etish choralari Ko'rildi.
Muborak Axmedova asli o'zbekistonlik. U 1992 yilda Tojikiston Respublikasiga kelin bo'lib borgan. Taqdir taqozasi bilan 1998 yilda Surxondaryo viloyatiga qaytib kelgan. Hozirda u "mehr oqibat" mahallasida 2 farzandi bilan yashab kelmoqda. Ammo, ko'nglidagi bir orzu unga hech tinchlik bermasdi. U ham bo'lsa, "O'zbekiston Respublikasi fuqarosi" bo'lish. Uning bugun orzusi ushaldi. Muborak Axmedova "O'zbekiston Respublikasi fuqarosi"- degan, sharafli nomga sazovor bo'ldi.
Gulizebo Bo'rieva 1994 yil Turkmaniston Respublikasidan Surxondaryo viloyatiga kelin bo'lib kelgan. Mana 29 yildirki turmush o'rtog'i bilan tinch totuv yashab farzandlarini tarbiyalab kelmoqda. Gulizebo Bo'rieva xozirda "mehr oqibat" mahallasida rais o'rinbosari lovozimida ishlab kelmoqda. Uning o'z ishiga bo'lgan munosabatidan Vatanga bo'lgan muhabbatini bilish qiyin emas. Uning xam yagona orzusi O'zbekiston fuqarosi bo'lish edi. Ommaviy qabulda Gulizebo opaga ham Prezidentimiz farmoniga binoan ichki ishlar vazirligi mas'ullari tomonidan fuqarolik pasporti tantanali ravishda topshirildi.
Sharg'un shaharchasida tashkil etilgan ommaviy qabulda ham uzunlik va sariosiyolik 2 nafar fuqaroga yangi ID-pasporti berildi.
Sariosiyo tumanida istiqomat qilib kelayotgan Qurbonmurod Norqulov 2 - guruh nogironi. Ishsizlik va moddiy qiyinchiliklar Norqulovlar oilasini bir oz qiynab qo'ydi. Qurbonmurod akaning uch nafar farzandi bor. Uning kenja farzandi Tojikiston Respublikasida tahsil oladi. U ommaviy qabulga kelib kenja o'g'li uchun O'zbekston Respublikasining xorijga chiqish biometrik pasporti berishiga amaliy yordam so'radi. Uning ushbu murojaati, qisqa kunlarda hal etib beriladigan bo'ldi.
Murojaatdan so'ng, Qurbonmurod akaning xonadoniga ichki ishlar xodimlari tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari etkazilib, moddiy va ma'naviy yordamlar ko'rsatildi.
Denov hamda Sariosiyo tumanida bo'lib o'tgan ommaviy qabul davomida IIV tomonidan 41 nafar fuqarolar bilan bevosita muloqot qilinib, ularning turli masalalarga oid 41 ta murojaati ko'rib chiqildi. Ushbu murojaatlarning 7 tasi joyida hal etilgan bo'lsa, 4 tasi bo'yicha huquqiy tushuntirish berildi. Ma'lum muddat, ya'ni atroflicha o'rganish yoki vaqt talab qiladigan 30 ta murojaat bo'yicha tegishli mutasaddilarga vazifalar belgilanib, ijrosi nazoratga olindi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech