15 Sentyabr 2022 yil 366

Respublika Ishchi guruhi Surxondaryo viloyatida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari-Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi Z.B.Mahkamovaning topshirig‘iga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining oilalarni mustahkamlash xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash sohalariga oid qabul qilingan Farmon va Qarorlari hamda yig‘ilish bayonlarida belgilangan topshiriqlar ijrosini o‘rganish maqsadida, Respublika ishchi guruhi tomonidan o‘'rganish ishlari joriy yilning 15-18 sentabr kunlari Surxondaryo viloyatida olib borilishi belgilangan.

Shu munosabat bilan Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi vazirlar Mahkamasining mas’ul Vakillaridan iborat guruh bugun o‘z ishini boshladi.

Ishchi guruhi a’zolari dastlab Angor tumani hokimligi majlislar zalida viloyatning boshqarma va tashkilot vakillari bilan uchrashdi. Uch kun davomida viloyatdagi mahallalarda xotin-qizlar muammolari tizimli o‘rganilib, joyida hal etilishi lozimligi yuzasidan kelishib olindi.

Text to speech