7 Avgust 2023 yil 473

Respublika inkassatsiya xizmati davlat unitar korxonasi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Termiz shahar Inkassatsiya yo‘nalishining xizmat faoliyati o‘rganildi.

   O‘zbekiston Respublikasi IIVning tegishli ko‘rsatmasi hamda joriy yilning 05 avgust kunidan 05 sentabr kuniga qadar viloyatda «Qurol» maxsus tadbirini o‘tkazilayotganligi sababli, Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati jamoat tartibini saqlash boshqarmasi nazorat litsenziyalash faoliyati guruhi muhim topshiriqlar bo‘yicha inspektori podpolkovnik Xusniddin  Umbarov tomonidan Respublika inkassatsiya xizmati davlat unitar korxonasi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Termiz shahar Inkassatsiya yo‘nalishining xizmat faoliyati xufyona o‘rganib chiqilib aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Bundan tashqari viloyat inkassator va haydovchi inkassator xodimlar bilan belgilangan rejaga asosan viloyat IIB Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi xodimlari ishtirokida Makarov pistoleti va Kalashnikov avtomatlarini to‘liqsiz qismlarga ajratish va yig‘ish tartibi, tuzilishi va jangovar hususiyatlari, o‘q otish qoidalari va usullari bo‘yicha o‘quv-seminar mashg‘uloti o‘tkazildi va inkassator xodimlarini qiziqtirgan  savollariga javoblar berildi.

Respublika Inkassatsiya xizmati Davlat unitar korxonasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i B.T.Ramazanov bilan birgalikda Termiz inkassatsiya yo‘nalishining xizmat faoliyati kuzatish va xufyona tekshirish yakunida inkassator xodimlarga yuqorida aniqlangan kamchiliklarga yo‘l qo‘ymasliklari va pul tushumlarini yig‘ish vaqtida pul olish nuqtasida xaridorlar va boshqa fuqarolar bo‘lmagan vaqtda, xizmat transport vositasini pul olish nuqtasiga imkon qadar yaqin masofaga qo‘yish, xizmat qurolini olib yurish qoidalariga to‘liq rioya qilish,  borasida qo‘shimcha yo‘riqnomalar berilib ular bilan saf ko‘rigi o‘tkazildi.

Surxondaryo viloyati hududida IIOlari tamonidan nazorat litsenziyalash faoliyati yo‘nalishi bo‘yicha bu kabi ishlar davom ettirilmoqda

Text to speech