Reyd tadbiri davomida, iste’molga yaroqsiz go‘sht mahsuloti aniqlandi
Joriy yilning 28 iyul kuni viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi va viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Karantin tadbirlarini ta’minlash bo‘linmasi xodimlari bilan hamkorlikda Termiz shahridagi oziq-ovqat dehkon bozorida o‘tkazilgan reyd tadbiri davomida, Termiz shahrida yashovchi fuqaro X.B. noma’lum sharoitda so‘yilgan 55 kg yirik shoxli mol go‘shtini sotish uchun olib kirayotgan vaqtida ushlanib, viloyat laboratoriya xulosasiga asosan iste’molga yaroqsizligi uchun Termiz hayvonot bog‘iga topshirildi. Go‘sht mahsuloti egasiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 109-moddasiga asosan ma’muriy tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati