23 Fevral 2024 yil 383

Sho‘rchi tumanidagi 125-sonli “Nurli maskan” maktab-internatidagi tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.

Joriy yilning 23 fevral kuni Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanidagi alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan (ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi) bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 125-sonli  “Nurli maskan” maktab-internatiga O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshlig‘i polkovnik B.E.Berdialiev, tuman hokimi U.Zokirov, tuman prokurori F.Xoliqov, tuman IIB boshlig‘i D.Qurbonovlar tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida maxsus-maktab internati o‘quvchilari uchun yangi rekonstruksiyadan chiqarilgan yotoqxona hamda sport zali ko‘zdan kechirilib, o‘quvchilar bilan suhbatlar olib borildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIVning tashabbusi bilan 32 turdagi kitoblar jamlanmasi, “Nurli maskan orzulari” nomli maxsus kitob hamda esdalik sovg‘alari namunali xulq-atvorga ega bo‘lgan, o‘quv darslarda faol ishtirok etib kelayotgan o‘quvchilariga tantanali ravishda topshirilib, kelajakda hayot yo‘lida qiyinchilik ko‘rmasliklari uchun bir qator tegishli maslahat va tavsiyalar berildi.

Shuningdek mazkur ta’lim dargohi o‘quvchilari uchun Ichki ishlar vazirligi tashabbusi bilan Shvesiya davlatidan keltirilgan maxsus bir dona “BRAYL” printerining ishlash jarayoni ko‘zdan kechirildi.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad o‘quvchilarning bilim olishini yanada qulaylashtirish, ularni o‘qitish tizimini zamonaviy usullarda olib borish ko‘zda tutiladi.

Tashrif davomida qurilishi davom etayotgan bino va inshootlar ham ko‘zdan kechirilib, aniqlangan muammo va kamchilliklarni tez fursatlarda bartaraf etish yuzasidan masu’llarga topshiriqlar berildi.

Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshlig‘i tomonidan vohadagi o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Text to speech