30 Iyul 2024 yil 297

Sho‘rchi tumanida “Turmush – profilaktik” tadbirlari amalda

-Qaynonamning ish buyurishi ham jonimga tegdi...

-Turmush o‘rtog‘imning poytaxtda ishlashiga qarshiman....

-Shu qo‘shnimning devori bir qarich men tomonga o‘tib ketganda...

-Akam ishlatayotgan fermer xo‘jalikni menga olib bersangiz bo‘lardi....

-Otamning kunda-kunora ichib kelishi natijasida, tomorqamiz ham sotilib ketdi....

 

Surxondaryo viloyati hokimligi va viloyat Ichki ishlar boshqarmasining qo‘shma qaroriga asosan vohamizda joriy yil 10 iyuldan 10 avgustga qadar keng qamrovli "Nizolashayotgan oilalarning muammolarini bartaraf etish" profilaktik tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Sho‘rchi tuman IIB boshlig‘i boshchiligida o‘tkazilgan uchrashuvda nizolashayotgan oilalarning muammolari o‘rganildi. Taraflarning masalalari tinglanib, yarashtirish choralari ko‘rildi.

Shuningdek, mutasaddilarga oilalar bilan doimiy ishlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish yuzasidan vazifalar belgilab berildi.

Text to speech