Sho‘rchi tumanida sodir etilgan jinoyat keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilindi.
Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining 1-o‘rinbosari B.Inoqov, Sho‘rchi tuman hokimi U.Zokirov, sektor rahbarlari, mahalla faollari, keng jamoatchilik vakillari ishtirokida “Oliyhimmat” mahallasida sodir etilgan jinoyat muhokamasi o‘tkazildi.
Tuman IIB boshlig‘i D.Qurbonov sodir etilgan noxush jinoyatning kelib chiqish sabablari va uning oqibatlarini jamoatchilikka yetkazdi.
Viloyat IIB boshlig‘ining 1-o‘rinbosari B.Inoqov mahalla faollari bunday salbiy holatlarni sodir bo‘lishiga tomoshabin bo‘lib emas, balki uni oldini olishga harakat qilishi, mahalladagi fuqarolar bilan suhbatlashish zarurligini, qolaversa, yoshlar jamiyatda yurish-turish qoidalariga rioya etib, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, foydali mashg‘ulot bilan o‘tkazishini nazorat qilish zarurligi mahalla faollariga tushuntirildi.
Muhokama yig‘ilishida tuman hududida, bu kabi jinoyatlarni sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan tegishli mutasaddilarga muhim chora-tadbirlar belgilab berilib, ijrosi nazoratga olindi.