Sho‘rchi tumanida Probatsiya nazoratida turgan tuzalish yo‘liga kirgan ayrim yoshlar muddatidan oldin ozod qilindi.
Yoshlarni harbiy vatanparvarlik, yuksak ma’naviy-axloqiy
qadriyatlar ruhida tarbiyalash bo‘yicha joriy yilning aprel oyida viloyat IIB boshlig‘i
o‘rinbosari podpolkovnik Sh.F.Shadievga biriktirilgan Sho‘rchi tumanida yashovchi
64 nafar uyushmagan yoshlarni bandligini ta’minlash hamda ularning muammolarini
o‘rganish hamda bartaraf etish borasida bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.
Viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sh.F.Shadiev tashabbusi bilan Sho‘rchi tumanida istiqomat qiluvchi huquqbuzarlik va
jinoyat sodir etib, jazo muddatini o‘tayotgan yoshlar muammolari o‘rganilib, o‘rganishlar
davomida muqaddam jinoyat sodir etib, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan
jazo muddatini o‘tayotgan probatsiya nazoratida turgan yoshlar orasidan tuzalish
yo‘liga kirgan 4 nafarini muddatidan oldin jazodan ozod qilish bo‘yicha jinoyat
ishlari bo‘yicha Sho‘rchi tumani sudiga kiritilgan taklifiga asosan joriy yilning
18 sentabr kuni ochiq sayyor sud majlisi bo‘lib o‘tdi.
Sud majlisida jinoyat sodir etib jazo muddatini o‘tayotgan
probatsiya nazoratida bo‘lgan, belgilangan cheklovlarga to‘liq rioya qilib, xulq
atvorida ijobiy tomonga o‘zgarish bo‘lgan jami 14 nafar mahkumlar muddatidan oldin
ozod qilindi. Ozod qilingan mahkumlarning aksariyati yoshlarni tashkil etadi.
Shundan so‘ng, probatsiya nazoratda jazo muddatini o‘tayotganlar
uchun tuman Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘limi bilan
hamkorlikda “Mehnat yarmarkasi” tashkil etilib unda viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari
podpolkovnik Sh.F.Shadiev ishtirok etib yoshlarni ish bilan ta’minlash bugungi
kunning eng dolzab masalalaridan biri ekanligiga alohida to‘xtalib o‘tdi.