Sho‘rchi tumanida “Probatsiya oyligi” tadbiri doirasida, profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi ichki
ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor B.T.Abdullaevning 2024 yil 23 iyul kunidagi
tegishli farmoyishiga asosan 2024 yil 23 iyul kunidan 23 avgust kuniga qadar respublikamiz
hududida o‘tkazilayotgan “Probatsiya oyligi” tadbiri doirasida, Sho‘rchi tuman IIB
Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya guruhida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarning
ish va yashash joylari maxsus profilaktik tadbirlari doirasida tekshirilib, ular
tomonidan qayta jinoyat yoki huquqbuzarliklar sodir etmasliklari yuzasidan profilaktik
tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, oylik doirasida, Probatsiya guruhi xisobidagi
yoshlarning ma’naviy savodxonligini oshirish maqsadida, kitobxonlikka qiziqtirish
ishlari samarali tashkil etilmoqda.