Sho‘rchi tumanida yashovchi “og‘ir” toifadagi yoshlar bilan manzilli ishlar amalga oshirilmoqda.
Yoshlarni harbiy vatanparvarlik,
yuksak ma’naviy-axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalash bo‘yicha joriy yilning aprel
oyida viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sh.F.Shadievga biriktirilgan
Sho‘rchi tumanida yashovchi 64 nafar uyushmagan yoshlarning bandligini ta’minlash
hamda ularning muammolarini bartaraf etish yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilib
kelinmoqda.
O‘zbekiston – yoshlar mamlakati. Aholining 60 foizga yaqinini yoshlar tashkil
etadi. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev farzandlarimiz zamonaviy ta’lim-tarbiya
olishi, kasb-hunar egallashi, o‘ziga munosib ish topib, farovon hayot kechirishi
uchun barcha imkoniyatlarni yaratib bermoqda. Yurtimizda har bir o‘g‘il-qizning
dardu-tashvishini tinglaydigan, intilishlarini qo‘llab-quvvatlaydigan tizim yaratildi.
Joriy yilning 15 sentabr kuni viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari boshchiligidagi
ishchi guruh a’zolari tomonidan Sho‘rchi tumaniga tashrif buyurgan holda huquqbuzarlik
va jinoyat sodir etib, jazo muddatini o‘tayotgan yoshlar muammolari xonadonlarga
tashrif buyurilgan holda o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida muqaddam
jinoyat sodir etib, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo muddatini
o‘tayotgan probatsiya nazoratida turgan yoshlar orasidan tuzalish yo‘liga kirgan
6 nafarini muddatidan oldin jazodan ozod qilish bo‘yicha taklif kiritish yuzasidan
ko‘rsatmalar berildi.