Sho‘rchi tumanida Ichki ishlar organlari tomonidan otaliqqa olingan yoshlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2024 yil 21 fevral kunidagi “O‘zbekiston-2030” strategiyasini “Yoshlar
va biznesni qo‘llab-quvvatlash yilida” amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi
Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining hamda Surxondaryo viloyat
Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining tegishli farmoyishlari ijrosini ta’minlash
maqsadida Sho‘rchi tumanida otaliqqa olingan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash
hamda ularning ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirishga qaratilgan “Xavfsiz hayot
uchun birlashaylik!” shiori ostidagi “Zakovat” intellektual o‘yinlariga start berildi.
Sho‘rchi tumanida
o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual o‘yinida tumanning 3-sektor hududida istiqomat
qiluvchi bilimdon yoshlardan tashkil topgan jamoalar o‘z bilim va salohiyatlari
bilan bahs olib borishdi.
“Zakovat”
intellektual o‘yinda faol ishtirok etib g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar tashkilotchilarning
esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.