20 Iyul 2025 yil 438

Sho‘rchi tumanida “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor profilaktik tadbiri davom etmoqda

Shu munosabat bilan Sho‘rchi tumani IIB boshlig‘ining o‘rinbosari A.Raximov probatsiya hisobida turgan yoshlar bilan ish joylariga borib uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida soha xodimlari probatsiya hisobida turgan fuqarolar bilan ularni qiynayotgan muammolar borasida suhbatlashar ekan, yoshlar ongida mehnat qilish ko‘nikmalarini singdirishga qaratilgan tushuntirish va targ‘ibot ishlarini ham olib borishdi.

Ushbu tadbir probatsiya nazoratidagi shaxslarga ijtimoiy, huquqiy, tibbiy, psixologik yordam ko‘rsatish, ularning ta’lim olishiga, kasb-hunar o‘rganishiga va ishga joylashishiga ko‘maklashish barobarida ularni jamiyatning to‘la huquqli a’zosiga aylanishiga qaratilgan g‘oyalarni ham o‘zida yana bir bor mujassam etdi.

Text to speech