Sho‘rchi tumanida bolalar masalalari bo‘yicha tuman komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 25 sanasida Viloyat ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizlik
xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy
yordam ko‘rsatish markazida saqlanayotgan Sho‘rchi tumani “Ibn Sino” mahallasida
yashovchi 2009 yilda tug‘ilgan N.X. ismli voyaga yetmagan qizning kelgusi taqdirini
ijobiy tomonga o‘zgartirish maqsadida, Sho‘rchi tumani Bolalar masalalari bo‘yicha
tuman komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Bunda voyaga yetmagan bolalarni ota-ona nazoratisiz, qarovsiz qolishini
oldini olish, ularning tarbiyasi, ular tarbiyalanayotgan oilalarda sog‘lom muhitni
yaratish, oila mahalla va ta’lim muassasasi hamkorligini yo‘lga qo‘yish masalalari
muhokama qilindi.
Tarbiyasi “og‘ir”-deb,
topilgan voyaga yetmagan bolalarga mahalla va ta’lim muassasalaridan jamoat tarbiyachilari
tayinlandi. Shu bilan bir qatorda tegishliligi bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga
vazifalar yuklatildi.