Sho‘rchi tumanida Avf etilganlar ijtimoiy hayotga yo‘naltirilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 8-dekabr - Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati
bilan “Ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon
bo‘lgan va tuzalish yo‘liga o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi
Farmoniga asosan kechirimlilik prinsipi qo‘llanilgan.
-Dunyoda ozodlikdan
ulug‘roq ne’mat yo‘q ekan. Shu ne’mat tufayli biz yaqinlarimiz qurshovida baxtli
hayot kechirarkanmiz, – deydi avf etilgan mahkumlardan biri M.Qurbonov. – Men o‘z
qilmishimdan chin ko‘ngildan pushaymonman. Prezidentimiz men kabi adashganlarni
afv etib, to‘g‘ri yo‘lga tushishimiz uchun imkoniyat berdilar.
Ha, inson hayotda bilib-bilmay xatoga yo‘l qo‘yishi
mumkin. Lekin mutafakkirlar aytganidek, xatolar, agar ularni tan olib, pushaymon
bo‘lishga bo‘yin yor bersa, hamisha kechirimlidir.