26 Iyun 2024 yil 317

Sho‘rchi tumani hududida huquqni muhofaza qiluvchi organ rahbarlari ishtirokida tadbirkor va yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Viloyatning Sho‘rchi tumanida “Uychi tumani tajribasi” asosida tumanni ishsizlikdan holi hududga aylantirish, migratsiya va kambag‘allikni qisqartirish, aholi daromadlarini oshirish hamda tomorqadan samarali foydalanishni tashkil etish borasida keng ko‘lamli amaliy ishlar boshlab yuborildi.

Viloyat IIB boshlig‘i, Davlat xavfsizlik xizmati rahbari va boshqa mas’ullar ishtirokida tumanning barcha mahallalari tadbirkorlari hamda yoshlari bilan uchrashib, ochiq muloqot o‘tkazildi.

Bugun  tumanning Bobur mahallasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda, mahallalarda shakllangan kasb-hunarlarni rivojlantirib, drayverga aylantirish, shu orqali aholi bandligi va daromadlarini oshirish bo‘yicha taklif va tashabbuslar qo‘llab-quvvatlandi, amaliy yordam berish chora-tadbirlari belgilandi.

Mutasaddilarga sanoat zonasi maydonidan samarali foydalanish, yoshlarni va ishsiz fuqarolarni hunarga jalb etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Shu yerda mahallabay ishlash orqali ishsizlikni kamaytirish bo‘yicha vazifalar muhokama qilindi.

Text to speech