30 Iyul 2024 yil 313

Sho‘rchi tuman IIBda “Sayyor sud” tashkil etildi

Sho‘rchi tuman IIBda "Probatsiya oyligi"  munosabati bilan tuman IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya guruhi hisobidagi shaxslar ishtirokida sayyor sud majlisi o‘tkazildi.

Unda tuzalish yo‘liga o‘tgan, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan 5 nafar nazorat ostidagi shaxslar jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etildi.

Sud tomonidan tayinlangan jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlab yurgan 2 nafar nazorat ostidagi shaxslarning jazosi ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirildi.

Text to speech