9 Iyun 2025 yil 154

Sho‘rchi tuman IIB xodimlari o‘rtasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish dolzarb 10 kunligi” doirasida targ‘ibot ishlari amalga oshirildi.

So‘ngi yillarda O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan korrupsiyaga qashi kurashish borasida qator tizimli chora-tadbirlar ishlab chiqilib, amaliyotga tadbiq etilmoqda. Shuni alohida takidlash kerakki, jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurashishda, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining alohida o‘rni bor.

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligining 2022 yil 3 martdagi tegishli buyrug‘i va Ichki ishlar vaziri o‘rinbosarining 2025 yil 26 maydagi tegishli farmoyishlari ijrosini ta’minlash maqsadida, 2025 yil iyun oyining birinchi o‘n kunligi mamlakat bo‘ylab “Korrupsiyaga qarshi kurashish dolzarb 10 kunligi” deb e’lon qilinganligi so‘zimizning yaqqol isbotidir.

 Mazkur tadbir doirasida, joriy yilning 9-iyun kuni Sho‘rchi tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosarlari tomonidan, tuman IIB xodimlari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashishga bag‘ishlangan navbatdagi targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Targ‘ibot tadbirida, xodimlarga bu illatga qarshi kurashish nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlarining balki har bir fuqoroning vazifasi ekanligi tushuntirilib, aholi o‘rtasida taraqqiyot kushandasi bo‘lgan korrupsiyaga nisbatan immunitetni hosil qilish borasida, tegishli tavsiyalar berildi.

Text to speech