26 Iyun 2022 yil 672

Rasmiy munosabat: Ijtimoiy tarmoqlarda, Qiziriq tumanida yashovchi E.P. ismli shaxs...

2022-yilning 24 may kuni soat 1600 larda Qiziriq tuman Hokimiyatiga borganligi u yerda xokimiyat mas’ul xodimlari, tuman gaz ta’minoti rahbari va ichki ishlar organlari xodimlarining xatti-harakatlaridan noroziligi aks etgan murojaat bilan O‘zbekiston Respublikasi IIVning “102” qisqa raqamiga murojaat yo‘llaganligi ijtimoiy tarmoqlar orqali keng tarqaldi.
Mazkur holat yuzasidan Qiziriq tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv hamda Surxondaryo viloyati IIB ma’sul xodimlari tomonidan IIB xodimlarining harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvlari olib borilib, qonuniy va asosli ekanligi aniqlandi.
O‘tkazilgan tekshiruv natijalariga ko‘ra, E.Pning murojaatida qayd etilgan holatlar o‘z tasdig‘ini topmaganligi, asossiz ekanligi va haqiqiy holatga to‘g‘ri kelmaganligi sababli E.Pga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 40-moddasi, 183-moddasi va 194-moddasi bilan, H.Fga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 41-moddasi bilan ma’muriy huquqbuzarlikka oid ish qo‘zg‘atish haqida qaror qabul qilinib, ushbu moddalar bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, to‘plangan xujjatlar mazmunan ko‘rib chiqishlik uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Qiziriq tumani sudiga yuborilgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Qiziriq tuman sudining 2022 yil 22 iyun kuni mazkur holat va murojaat yuzasidan ochiq sud majlisi bo‘lib o‘tdi.
O‘tkazilgan sud qaroriga ko‘ra, Qiziriq tumanida yashovchi H.F. ismli shaxsning harakatlarida O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etganlikda aybdor deb topilib unga nisbatan BHMning uch baravari miqdorida jarima jazosi tayinlangan.
Shuningdek, Qiziriq tumanida yashovchi E.P. ismli shaxsning harakatlarida O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 40-moddasi, 183-moddasi, 194-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybdor”- deb, topilib unga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Sudning qonuniy kuchga kirgan qaroridan so‘ng, E.P o‘zining g‘ayrihuquqiy harakatlari noto‘g‘ri ekanligi mazmunini tushunib yetganligi, qilgan harakatlaridan chin ko‘ngildan pushaymonligi va kelgusida bunday harakatlarni takroran sodir etmasligi xususida qayta murojaat qildi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech