RASMIY MUNOSABAT: Qumqo'rg'on tumani "Yangiobod" mahallasi
Ijtimoiy tarmoqlarda "Surhondaryo viloyati Qumqo'rg"on tumani "Yangi obod" mahallasida yashovchi Toshtemirov Abdurayim 2020 yil 4-avgust kuni no'malum kimsalar tomonidan kaltaklanib, o'g'ir ahvolga, behush xolatga solib tashlab ketilgan.
Toshtemirov Abdurayimning oila a'zolari tegishli joylar, muassasalardan amaliy yordam so'rab qolishadi!
Hozirda o'ng oyog'i bilan qo'li ishlamay qolgan.
Ushbu video tasviri kaltaklangan kundan keyingi xolati Abdurayimni" sarlavhasi ostida tarqalgan video murojaat yuzasidan.
Qumqo'rg'on tumani "Yangiobod" mahallasida yashovchi fuqaro A.Toshtemirovga 2020 yil 03 avgust kuni tungi soat 23:30larda noma'lum shaxslar tomonidan tan jarohati etkazilganligi holati bo'yicha tuman Markaziy shifoxonasining xabarnomasi va uning 04 avgust kuni tuman IIB boshlig'i nomiga yozgan arizasi yuzasidan tuman IIB HPB TP profilaktika inspektori leytenant o.Xursandov tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, olgan tan jarohatining og'irlik darajasini aniqlash maqsadida sud tibbiy ekspertizasi tayinlanib, STEning 14 avgust kunidagi xulosasiga ko'ra "engil" tan jarohati olganligi aniqlangan.
Fuqaro A.Toshtemirovga tan jarohati etkazgan noma'lum shaxslarni izlab topishni imkoni bo'lmaganligi sababli, noma'lum shaxslarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi MJTKning 52-moddasi 2-qismi bilan ma'muriy ish qo'zg'atilib, hozirda surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati