23 Noyabr 2022 yil 431

RASMIY MUNOSABAT: Joriy yilning 25 oktabr kuni o‘zini jamoatchilik faoli sifatida e’tirof etayotgan fuqaro Z.X.ga nisbatan, internet tarmog‘i orqali boshqa shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini qasddan tahqirlagani sababli, lingvistik ekspertiza xulosasiga asosan, Surxandaryo viloyati Boysun tumani IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 140-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Xozirda jamoatchilik e’tiborini tortish orqali javobgarlikdan qutulish niyatida bo‘lgan fuqaro Z.X. tergov organlariga kelishdan bosh tortib, ijtimoiy tarmoqlar orqali turli nomaqbul gaplarni tarqatish bilan shug‘ullanmoqda.

Jamoatchilikni chalg‘itishga qaratilgan xech qanday harakat qonuniy chora ko‘rilishidan saqlamasligini, har bir jamoatchilik faoli O‘zbekiston Respublikasi Jamoatchilik  nazorati to‘g‘risidagi qonun talablariga qat’iy rioya qilishi shartligini eslatib o‘tamiz.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech