21 Oktyabr 2021 yil 578

Rasmiy munosabat: "Vaxshiylik surxondaryolik yigitni itdek urishdi" sarlavhasi ostidagi videomurojaat yuzasidan

Ijtimoiy tarmoqlarda "Vaxshiylik surxondaryolik yigitni itdek urishdi" sarlavhasi ostidagi videomurojaat yuzasidan, Qiziriq tuman ichki ishlar bo'limining mas'ul xodimlari tomonidan o'rganish ishlari olib borilganida quyidagilar ma'lum bo'ldi.
2021 yil 28 avgust kuni soat 16.00 larda, Muzrabot tumani "chegarachi" mahallasida yashovchi, U.N. Qiziriq tumanining "Kunchiqish" mahallasi hududida, shu mahallada yashovchi, tumandagi maktab o'quvchisi, O.S. bilan o'zaro janjallashib qolib, uni qo'li bilan bosh va yuz sohasiga urib, "sog'lig'ining buzilishiga sababchi bo'lgan engil" tan jarohati yetkazgan. Holat yuzasidan U.N.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Videomurojaat yuzasidan, Qiziriq tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, kelgusida qonuniy qaror qabul qilinishi ta'minlanadi. Mazkur ish Qiziriq tuman prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech